Languages

Murojaat uchun telefonlar:

+998 69 228 80 00 (07)

Plastmassa ampula va flakon shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish

2018 yil aprel oyida "Merrymed Farm" MCHJ infuzion eritmalar, plastik ampuladagi in`ektsion eritmalar ko`z tomchilari ishlab chiqarish tsexini ishga tushirish rejalashtirilgan bo`lib, ushbu tsexlar GMP (Good Manufacturing Practice) standarti asosida loyihalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 50 nafar yangi ish o`rinlari tashkil qilish ko`zda tutilgan. Loyihada import dori vositalari o`rnini bosuvchi hamda eksport qilish uchun mo`ljallangan 30 turdagi dori vositalari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu loyixada Jaxonning doimo yangi zamonaviy farmatsevtik uskunalar ishlab chiqarishda ilgor, etakchi xisoblangan "Rommelag AG" va "KYP Accessories" kompaniyalarning uskunalari bilan jixozlash ishlari olib borilmoqda. Ishlab chiqarish faoliyati davomida marketing tadqiqotlari o`tkazib bu jarayonlarni tahlil qilib, bozor talab qiladigan mahsulotlarni birin-ketin ishlab chiqariladi. Korxonamiz 2018 yilda qo`shni mamlakatlar bilan eksport shartnomalari imzolanib, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda o`z hissasini qo`shmoqda.