«Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi Umumiy texnik reglament qabul qilindi

«Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi Umumiy texnik reglament qabul qilindi
 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi 365-sonli qarori bilan ««Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi Umumiy texnik reglament (keyinchalik Texnik reglament) tasdiqlandi. (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari to‘plami, 2016 y., 43-son, 506-modda)
Texnik reglament ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tamg‘alash, qadoqlash, transportda tashish, saqlash, sotish va yo‘q qilishda dori vositalarining xavfsizligiga talablarni o‘rnatadi.
Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy muddat tugashi bilan kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi” qonunining talablariga muvofiq, ushbu texnik reglamentni amalga joriy etilishi bilan, Texnik reglamentda ko‘rsatilgan mahsulotlarga standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, majburiy xarakterni yo‘qotadi va o‘rnatilgan tartibda qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega bo‘ladi.
Texnik reglamentni umumiy matni bilan bizning saytimizda “Texnik jihatdan tartibga solish” bo‘limida tanishish mumkin.