Languages

Murojaat uchun telefonlar:

+998 69 228 80 00 (07)

Biz haqimizda

«MERRYMED FARM» mas'uliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda Farg'ona vodiysidagi eng yirik farmatsevtika korxonasi hisoblanadi. «MERRYMED FARM» MChJ - farmatsevtik korxonasi ishlab chiqarish, saqlash, transport-logistika, marketing jarayonlarini to'laligicha o'zida qamrab olgan. Yuqori texnologik uskunalar va elektron axborot nazorat qilish tizimlari orqali jarayonning barcha bosqichlari shu jumladan butlovchi qismlarni va xom ashyo materiallarni yig'ish terish qayta ishlashda foydalaniladi. Korxonaning umumiy maydoni 150000m2 va ishlab chiqarish maydoni 80000mni tashkil etadi. 

MDX  mamlakatlarida etakchi mas`uliyatli farmatsevtika maxuslotlari ishlab chikaruvchi kompaniya bo'lish va tanilish. Biz yukori sifatli dori vositalarini ishlab chiqaramiz, eksport kilamiz va makbul narxlarda bozorga etkazib beramiz.

«MERRYMED FARM» MChJ - mamlakatda import o'rnini bosishda zarur bo'lgan 10 farmakologik guruxdagi 100 dan ortiq turdagi dori vositalari ishlab chiqaradi.

Korxona sintetik va o'simlik xom-ashyosidan dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. «MERRYMED FARM» MChJ - mamlakatda import o'rnini bosishda zarur bo'lgan 100 nomdan oshiq dori vositalari turli guruxdagi shu jumladan – tabletkalar, kapsulalar, mazlar, galen mahsulotlari suspenziyalar, infuziyalar, in'ektsiyalar, quruq kukun ko'rinishidagi antibiotiklar, ko'z tomchilari va boshqalar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Korxona doimo innovatsion faoliyat bilan shug'ullanadi xamda maxsulotlar innovatsiyasi, jarayonlar innovatsiyasi innovatsion menedjment tizimlarini samarali olib boradi.

Korxona Jaxonning doimo yangi zamonaviy farmatsevtik uskunalar ishlab chiqarishda ilg'or, etakchi hisoblangan "Rommelag AG" va "KYP Accessories" kompaniyalarning uskunalari bilan jixozlangan. Ishlab chiqarish faoliyati davomida marketing tadqiqotlari o'tkazib bu jarayonlarni tahlil qilib, bozor talab qiladigan mahsulotlarni birin-ketin ishlab chiqariladi.

Korxonada xalqaro standart talablarini amalda qo'llash bo'yicha strategik rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Buning uchun dori vositalari ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar qo'llash, ishlab chiqarish uskunalarini va labarotoriyalarni GMP (Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti) talablariga mos ravishda modernizatsiyalash va akkreditatsiyalash muhim ro'l o'ynaydi. Korxonada samarali faoliyat yuritish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Misol tariqasida elektroenergiya, gaz ta'minoti, suv ta'minoti, distirlangan suv texnik extiyojlar uchun, ventilyatsiya tizimlari. Ishlab chiqarish hududi farmatsevtika zavodlariga mos texnik shartlarga amal qilgan holda noldan qurilgan. Dori mahsulotlari GMP talablariga mos ravishda ishlab chiqariladi.

Mahsulotlar sifatini nazorat qilish korxonaning farmakopiya maqolalari (Farmakopeynm Statyam Predpriyatiya FSP), Britaniya farmakopeya maqolasi (VR), Amerika qo'shma shtatlari farmakopeya maqolasi (USP), Yaponiya farmakopeya maqolasi (JP) ga ko'ra mahsulot sifatini nazorat qilinadi. Korxonada barcha xom-ashyolarga me'yoriy-texnik xujjalar o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan. Uskunalar va yordamchi materiallar, xom-ashyolar, butlovchi qismlar saqlash omborlari xavfsizligi to'liq ta'minlangan. Devorlar va shift qismlar tozalash dizinfektsiya qilish uchun qulay. Omborxonalar optimal xarorati 18-25S atrofida bo'lishi va nisbiy namlik 60% dan oshmasligi ta'minlangan. Zarur bo'lgan vaqtlarda sovutish uchun korxonada konditsionerlar, sovitish tizimlari o'rnatilgan. Omborlar etarlicha katta, quruq saqlash uchun to'liq jixozlangan.

Ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarimizni uzluksiz nazorat kilish maksadida tashkil etilgan sinov laboratoriyasi bugungi kunda eng zamonaviy sinov uskunalari bilan jixozlangan bulib, ularning ayrimlari yurtimizda yagona xisoblanadi. Xozirda jamiyatimizda oliy toifali kimyogarlar va xalkaro standartlar buyicha milliy ekspert - auditorlar faoliyat kursatmokda.

Laboratoriyamizda xar bir maxsulot uchun aloxida sinov metodlari tashkil etilgan. Misol uchun in'ktsion eritmalarning tashqi ko'rinishi, chinligi, shaffofligi, rangi, vodorod ko'rsatgichi (pH), mexanik zarrachalar saqlanmasligi, to'ldirilish xajmi, sterilligi, bakterial endotoksin ko'rsatgichi, zaxarliligi, miqdoriy taxlil, yorliqlanishi va qadoqlanishi me'yoriy xujjat talablariga asosan sinovdan o'tkaziladi.

Xozirda maxsulotlarimizni jaxon standartlariga moslashtirish, raqobatbardoshligini oshirish maksadida «Yaxshi ishlab chikarish amaliyoti (GMP)» standartlari joriy qilish va sertifikatlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Respublikamiz eksport saloxiyatini yanada oshirish maksadida korxonamiz tomonidan ishlab chikarilayotgan sifatli dori - darmon vositalari Turkmaniston, Kirgiziston, Qozogiston, Ozarbayjon Respublikalariga eksport kilish buyicha xam bir kator ishlar amalga oshirilmoqda.